Xitoydan qanday buyurtma beriladi
Taobao, 1688 yoki Pinduoduodan xarid qilib, uni O‘zbekistonga olib kelish besh bosqichdan iborat: botda ro‘yxatdan o‘tasiz, DTD ID olasiz, Xitoy do‘konida yetkazib berish manzili sifatida bizning ombor manzilimizni ko‘rsatasiz, mahsulot omborimizga kelgach uni jo‘natamiz, Toshkentda esa o‘zingiz olasiz yoki kuryer yetkazadi.
Bosqichma-bosqich
Telegram botda ro‘yxatdan o‘ting
@doortodoor_cargo_bot botiga kiring va ko‘rsatmalarni bajaring. Ism, familiya, telefon, tug‘ilgan sana, pasport ma’lumotlari va manzilingizni kiritasiz. Barcha ma’lumotlarni lotin harflarida yozing.
DTD ID raqamingizni oling
Bot sizga avtomatik ravishda DTD ID beradi. Bu raqam — sizning omborimizdagi shaxsiy identifikatoringiz. Admin ma’lumotlaringizni odatda 24 soat ichida tasdiqlaydi; kutayotgan vaqtda ham buyurtma berishingiz mumkin.
Xitoy do‘konida bizning ombor manzilimizni ko‘rsating
Taobao, 1688 yoki Pinduoduoda mahsulotni xarid qilayotganda yetkazib berish manzili sifatida botdan olgan Xitoy ombor manzilimizni kiriting. Manzildagi “ID .....” o‘rniga o‘zingizning DTD ID raqamingizni yozing. Avia va avto uchun manzillar har xil — avto manzilidagi “(By land)” yozuvini albatta qoldiring.
Mahsulot Xitoy omborimizga yetib borsin
Sotuvchi mahsulotni bizning Xitoydagi omborimizga yetkazadi. Qabul qilinganda buyurtmangiz “🇨🇳 Xitoyda” holatiga o‘tadi va bot sizga xabar yuboradi. Yetkazib berish muddati aynan shu kundan hisoblana boshlaydi.
Yukni kuzating va Toshkentda oling
Mahsulot partiyaga biriktiriladi va yo‘lga chiqadi (✈️ Yo‘lda), Toshkent aeroportida rasmiylashtiriladi (🛂 Aeroportda), so‘ng omborimizga keladi (🏠 Toshkentda). To‘lovni amalga oshirgach o‘zingiz olib ketasiz yoki kuryer yetkazadi.
Xitoy ombor manzili haqida
Manzil botda, ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin beriladi. Uni Xitoy do‘konidagi yetkazib berish maydoniga xuddi berilganidek nusxalang — iyeroglifllarda xato qilmang va telefon raqamni o‘zgartirmang.
Eng ko‘p uchraydigan xato — DTD ID raqamni qo‘shmaslik. ID bo‘lmasa, mahsulot omborga kelganda uning kimga tegishli ekani aniqlanmaydi.
Avia va avto manzillari har xil. Avto manzilida “(By land)” yozuvi bo‘lishi shart — ombor yuklarni shunga qarab ajratadi.
Avia yoki avto — qaysi birini tanlash kerak?
Avia 4–7 kunda yetkaziladi va 9.49 $/kg dan boshlanadi. Avto 20–25 kunda yetkaziladi va 5.5 $/kg dan boshlanadi.
Shoshilinch va yengil yuklar uchun avia, og‘ir va shoshilinch bo‘lmagan yuklar uchun avto tejamliroq. Atir va powerbank kabi mahsulotlar faqat avto orqali tashiladi.
Buyurtma berishdan oldin tekshiring
- Mahsulot taqiqlangan ro‘yxatda emasligiga ishonch hosil qiling
- Katta hajmli mahsulot bo‘lsa, o‘lchamlarini oldindan yuboring — hajmga qarab hisoblanadi
- Nozik mahsulot bo‘lsa, botda “karobka bilan yetkazish” ni belgilang
- Manzilga DTD ID raqamingizni qo‘shganingizni tekshiring
Yuk kelganda
Yuk omborimizga kelgach o‘z vaqtida olib keting yoki yetkazib berish xizmatidan foydalaning. Viloyatlarga filiallarimizgacha bepul yetkazamiz; Toshkent bo‘ylab 5 kg dan ortiq jo‘natmalar manzilgacha bepul yetkaziladi.
Toshkentdagi omborimizdan kechqurun 23:00 gacha olib ketish mumkin.
Yuk faqat to‘lov to‘liq amalga oshirilgandan keyin topshiriladi.
Bizning manzil
Biz bilan bog‘lanish uchun
- massiv O‘zgarish, 61, Yangihayot tumani, Toshkent.
Mo‘ljal: Yangihayot metro bekati (oldingi 4-metro bekati) - +998 99 374 50 30+998 99 373 50 30
- info@d2d.uz
- Ish vaqtiDushanba – Shanba: 09:00 – 23:00
Yakshanba: 09:00 – 17:00
