Biz haqimizda

Biz haqimizda

Xitoydagi xaridingizdan O‘zbekistondagi filialgacha

DTD Cargo Xitoydan xarid qilayotgan shaxsiy xaridorlar va sotuvchilar uchun avia hamda avto yetkazishni tashkil qiladi.

Xitoydagi xaridingizdan O‘zbekistondagi filialgacha

“DOOR TO DOOR” MCHJ 2021-yildan ishlaydi. Telegram botda shaxsiy ID va Xitoy ombor manzilini olasiz, yuk holatini kuzatasiz, tortilganda og‘irlik, narx va tarozi rasmini ko‘rasiz. Viloyat filiallari va Toshkent omboridan yukni olib ketish mumkin. Avia jo‘natmalarda DUR yig‘iladi va keyingi avia yetkazish haqiga ishlatiladi.

10 800+
Mamnun mijoz
2021
Yildan ishlaymiz
Avia / Avto
Ikki yetkazish yo‘nalishi

Ma’lumot holati:

Biz haqimizda

Mijozlarning iliq fikrlari

Chatdagi xabarlar — kattaroq ko‘rish uchun rasmni bosing

Savol-javoblar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Agar savolingizga javob topmagan bo‘lsangiz, bizga raqamingizni qoldiring — biz aloqaga chiqib barcha savollaringizga javob beramiz!

✈️ AVIA YO‘NALISH: - Avia: 9.49 $ / kg - Avia Seriya: 11.5 $ / kg - Avia Brand: 13 $ / kg ⏱ Muddati: 4–7 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan) 🚛 AVTO YO‘NALISH: - Avto (Toshkent omboriga): 5.5 $ / kg - Avto (viloyatlarga): 5.8 $ / kg - Avto Seriya: 7.5 $ / kg - Avto Brand: 7.5 $ / kg ⏱ Muddati: 20–25 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan) ⚙️ Uskuna va texnik qismlar (zapchastlar) bo‘yicha tariflar alohida kelishiladi. ℹ️ Izohlar: 📍 Viloyatlarga — filiallargacha bepul yetkaziladi. 🏠 Toshkent shahri bo‘ylab — 5 kg dan ortiq jo‘natmalar manzilgacha bepul yetkaziladi.
✈️ AVIA YO‘NALISH: Muddati: 4–7 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan) 🚛 AVTO YO‘NALISH: Muddati: 20–25 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan)
Yuk yo‘qolgan yoki shikastlangan bo‘lsa, trek raqami va mavjud rasmlar bilan operatorga murojaat qiling. DTD Cargo javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi; holatni ko‘rib chiqish va qoplash tartibini operator tushuntiradi. Taqiqlangan mahsulotlar uchun istisnolar bor — xariddan oldin mahsulotni olib kelish mumkinligini tekshiring.
Yuk holatini trek.d2d.uz orqali trek raqami bilan tekshirishingiz mumkin. Telegram botimiz Xitoy omboriga kelishi, yo‘lga chiqishi va yetib kelishi haqida xabar beradi.
❌ To‘liq taqiqlangan mahsulotlar: - Telefon - Kompyuter - Planshet va iPad - Televizor - Tirik o‘simliklar va urug‘lar - Quruq (gerbariy) holidagi o‘simliklar - Dorilar - MED texnikalar (tibbiy uskunalar) - Dronlar va ularning qismlari (motor, pervanel, pult) - Vitamin va BAD - Sport ozuqasi (protein, gainer) - Sovuq qurollar - Pirotexnika vositalari - Pornografik mahsulotlar - Intim mahsulotlar - Tirik hayvonlar - Tilla buyumlari - Oziq-ovqat mahsulotlari - Kukun shaklidagi moddalar ⚠️ Faqat AVTO orqali olib kelinadigan mahsulotlar (avia bilan mumkin emas): - Yonuvchan moddalar (atirlar, suyuqliklar) - Powerbank va batareyasi asosiy qismini egallaydigan mahsulotlar ❗ Bu qoidalarga rioya qilinmasa, kompaniya javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi — taqiqlangan mahsulot bojxonada to‘xtatilishi yoki musodara qilinishi mumkin. Mahsulotingiz bo‘yicha ishonchingiz komil bo‘lmasa, avval operatorimizdan so‘rang.
💎 DUR — bu Door to Door kompaniyasining sodiqlik va keshbek tizimi. Har 1 kg AVIA yuk uchun darajangizga qarab Start 1, Plus 1.15, Pro 1.3, Elite 1.5 DUR ball olasiz — bu keyingi avia jo‘natmalaringizda bepul kilogramm degani! Avto yukning kilogrammiga DUR berilmaydi. 🔁 DURlar to‘planadi — ularni keyingi avia buyurtmalaringizni to‘lashda ishlatasiz (bir martada kamida 5 DUR). Buyurtmadan yig‘ilgan DUR darajaga qarab 90–180 kun amal qiladi. 🎯 1 DUR = 50 gramm bepul yetkazish, ya’ni 20 DUR = 1 kg. 👥 Do‘stingizni taklif qiling — u birinchi yukini qo‘shganda kabinetingizda darajangizga qarab 3–6 DUR mukofot ochiladi, do‘stingiz esa ro‘yxatdan o‘tgach 5 DUR oladi. 🎉 Aksiya va bayramlarda qo‘shimcha DUR sovg‘a qilinadi — bayram sovg‘asini kabinetda tugma bosib olasiz. 🎁 Hozir bizga qo‘shiling — 5 DUR sovg‘a sifatida taqdim etiladi!
🕐 Ish vaqti: - Dushanba–Shanba: 09:00–23:00 - Yakshanba: 09:00–17:00 🎁 Qo‘shimcha qulayliklar: ✅ DUR keshbek tizimi mavjud ✅ Har kuni xizmat ko‘rsatamiz!

Bizning manzil

Biz bilan bog‘lanish uchun

  • massiv O‘zgarish, 61, Yangihayot tumani, Toshkent.
    Mo‘ljal: Yangihayot metro bekati (oldingi 4-metro bekati)
  • +998 99 374 50 30
  • info@d2d.uz
  • Ish vaqtiDushanba – Shanba: 09:00 – 23:00
    Yakshanba: 09:00 – 17:00
Barcha filiallar va havolalar