Do‘stni chaqirish
3 → 6 DURTaklif qilgan do‘stingiz birinchi mahsulotini qo‘shdi
DUR — Door to Door mijozlari uchun sodiqlik dasturi. U chegirma kupon emas: yig‘ilgan DUR yetkazib berish OG‘IRLIGINI qoplaydi. 1 DUR = 50 gramm bepul yuk. Yuk yuborganingiz sayin DUR yig‘iladi, darajangiz ko‘tariladi va bir xil yuk uchun ko‘proq DUR olasiz.
DUR — og‘irlik birligi. Har 1 DUR yetkazib berishning 50 grammini qoplaydi. Ya’ni 20 DUR = 1 kg bepul yuk.
Shu sababli DUR ning so‘mdagi qiymati o‘zi hisoblanadi: og‘irlik tarifga va kursga ko‘paytiriladi. Tarif o‘zgarsa DUR ning qiymati ham o‘zi to‘g‘rilanadi — hech narsani qayta hisoblash shart emas.
DUR pulga almashtirilmaydi va boshqa mijozga o‘tkazilmaydi. U faqat yetkazib berish og‘irligini yopish uchun ishlatiladi.
1 DUR = 50 gramm → 20 DUR = 1 kg bepul yuk
Har bir DUR bo‘lagining o‘z muddati bor. Muddat tugasa o‘sha bo‘lak kuyadi — shuning uchun DUR ni yig‘ib qo‘ymay, ishlatgan ma’qul. Muddatni to‘xtatib turish yo‘li ham bor: qalqon (quyida).
Hech narsa yoqish yoki ariza berish shart emas. Ro‘yxatdan o‘tgan har bir mijoz dasturda qatnashadi.
Telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tib DTD ID olasiz. Ariza tasdiqlangan zahoti hisobingizga 5 DUR tushadi — bu 250 gramm bepul yuk.
Yuk Toshkentga kelib tortilgach, og‘irligiga qarab DUR yig‘iladi. Start darajasida har kg uchun 1 DUR, Elite darajasida 1.5 DUR.
Daraja oxirgi 12 oyda olib kelgan kg dan hisoblanadi. 10 kg da Plus, 25 kg da Pro, 40 kg da Elite ochiladi. Ariza berish shart emas — daraja o‘zi o‘zgaradi.
Kabinetda oylik va bir martalik missiyalar bor: bu oy N kg keltirish, ikkita reysda qatnashish, avto bilan yuborish, do‘st chaqirish. Har biri qo‘shimcha DUR beradi.
Buyurtmani to‘lash paytida DUR ni ishlatasiz: har 20 DUR buyurtmaning 1 kg og‘irligini bepul qiladi. Qolgan og‘irlik odatdagidek to‘lanadi.
Havolangizni do‘stingizga yuborasiz. U birinchi yukini qo‘shganda sizga DUR beriladi — har bir do‘st uchun alohida.
Daraja oxirgi 12 oydagi kg bo‘yicha aniqlanadi va suriluvchi oyna bilan ishlaydi: eski buyurtmalar 12 oydan keyin hisobdan chiqadi. Daraja avtomatik ko‘tariladi va avtomatik tushadi.
Boshlang‘ich daraja
12 oyda 10 kg dan
12 oyda 25 kg dan
12 oyda 40 kg dan
Daraja tushishidan 30 kun oldin kabinetda ogohlantirish chiqadi: qaysi kuni tushishi, o‘sha kuni qancha kg qolishi va saqlab qolish uchun necha kg kerakligi aniq yoziladi.
Missiya — aniq shart va aniq mukofot. Shart bajarilganda kabinetda tugma ochiladi. Oylik missiyalar har oy boshida qaytadan ochiladi.
Taklif qilgan do‘stingiz birinchi mahsulotini qo‘shdi
Shu kalendar oyda darajangiz maqsadicha yuk
Shu oyda ikkita TURLI reysda yukingiz bo‘ldi
Avto yo‘nalishida kamida bitta yuk
Oxirgi 3 kalendar oyning har birida buyurtma
Bitta buyurtmada 20 kg va undan ortiq
Missiya mukofoti O‘ZI TUSHMAYDI — kabinetdagi tugmani bosishingiz kerak. Olingan DUR 60 kun amal qiladi.
Reys — bizning Xitoydan chiqqan har bir partiyamiz. Ketma-ket reyslarda yukingiz bo‘lsa qator uzilmaydi va bosqichlarga yetganda qo‘shimcha DUR olasiz. Sanoq kunlar yoki buyurtmalar soni bo‘yicha emas, aynan REYS bo‘yicha yuradi.
Oxirgi bosqichdan keyin sanoq noldan boshlanadi va bosqichlar qaytadan olinadi. Qator uzilsa yangidan boshlanadi — lekin Plus darajasidan boshlab muzlatgich bor: oyiga bir necha reysni o‘tkazib yuborsangiz ham qator saqlanadi.
Yukingiz yo‘lda ekan, DUR ning muddati tugab qolishi mumkin. Qalqon aynan shu holat uchun: u muddatni to‘xtatib turadi.
DUR ning muddatiga 10 kun yoki kam qolganda kabinetda “Qalqonni yoqish” tugmasi chiqadi.
Tugmani bosganingizda shartga tushadigan barcha DUR ga bir martadan 7 kun qo‘shiladi. Xitoyda yuk bo‘lishi shart emas.
Yukingiz Xitoydan chiqib yo‘lda bo‘lgan kunlarda muddat umuman qimirlamaydi. Tarozi xabari kelgach muzlash tugaydi va muddat o‘sha joydan davom etadi.
Jami muzlash darajaga bog‘liq: Start 30 kun, Plus 45, Pro 60, Elite 120 kun. Qalqon mijozga emas, DUR BO‘LAGIGA beriladi — bir bo‘lak umrida bir marta oladi.
Kabinetdagi havolani do‘stingizga yuborasiz. Havola taklif kodingizni o‘zi olib boradi — do‘stingiz hech narsa yozishi shart emas.
3–6 DUR — har bir do‘st uchun
Do‘stingizga beriladigan 5 DUR — yangi mijoz bonusi. U taklifsiz kelgan mijozga ham beriladi.
DUR buyurtmani to‘lash paytida ishlatiladi va buyurtmaning og‘irligini kamaytiradi.
20 DUR = 1 kg · min 5 DUR
Yo‘q. DUR pulga almashtirilmaydi va boshqa mijozga o‘tkazilmaydi. U faqat yetkazib berish og‘irligini qoplash uchun ishlatiladi — shuning uchun uni chegirma emas, bepul kilogramm deb tushunish to‘g‘riroq.
Har bir DUR bo‘lagining o‘z muddati bor va u qachon berilganiga qarab hisoblanadi. Buyurtmadan olingan DUR darajangiz muddatida amal qiladi: Start 90 kun, Plus 120, Pro 150, Elite 180 kun. Missiya va bosqich mukofotlari 60 kun. Muddat tugagach o‘sha bo‘lak kuyadi — lekin qalqon orqali muddatni to‘xtatib turish mumkin.
Ha. Daraja oxirgi 12 oydagi kg dan hisoblanadi va bu suriluvchi oyna: eski buyurtmalar 12 oydan keyin hisobdan chiqadi. Yangi yuk kelmasa daraja tushadi. Tushishdan 30 kun oldin kabinetda ogohlantirish chiqadi — qaysi kuni, qancha kg qolishi va saqlab qolish uchun necha kg kerakligi bilan.
Yo‘q. Yangi stavka va yangi muddat faqat KEYINGI yuklarga qo‘llanadi. Allaqachon hisobingizda turgan DUR o‘z miqdori va o‘z muddati bilan qoladi.
Yo‘q. Shart bajarilganda kabinetda tugma ochiladi va DUR siz bosganingizda beriladi. Bu ataylab shunday: mijoz nimani, qachon va nima uchun olganini ko‘rib tursin.
Yo‘q. Reys — bizning Xitoydan chiqqan partiyamiz. Bitta reysda ikkita buyurtmangiz bo‘lsa ham u bitta reys hisoblanadi. Ketma-ketlik aynan reyslar bo‘yicha sanaladi.
Bog‘liq emas. Bojxonaning oylik chegarasi — 200 $, biz 180 $ da to‘xtatamiz (20 $ zaxira). DUR esa og‘irlikni qoplaydi, mahsulot qiymatini emas — shuning uchun DUR ishlatish chegaraga ta’sir qilmaydi.
Hech narsa. Ro‘yxatdan o‘tgan har bir mijoz avtomatik qatnashadi. Holatingizni mijoz kabinetida ko‘rasiz: darajangiz, DUR balansi, ochiq missiyalar va har bir DUR bo‘lagining muddati.
Darajangiz, DUR balansi, ochiq missiyalar va har bir DUR ning muddati — hammasi mijoz kabinetida.