Bojxona va hujjatlar
Xitoydan kelgan har bir yuk O‘zbekiston bojxonasidan o‘tadi. Bu bosqichni Door to Door o‘z zimmasiga oladi — sizdan faqat to‘g‘ri ma’lumot va hujjatlar talab qilinadi. Quyida jarayon, kerakli hujjatlar va olib kelish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar ro‘yxati keltirilgan.
Bojxona jarayoni qanday kechadi
Mahsulot Toshkent aeroportiga yetib kelgandan keyin buyurtmangiz “🛂 Aeroportda” holatiga o‘tadi. Bu bosqichda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Rasmiylashtiruv tugagach yuk bizning omborimizga yetkaziladi va holat “🏠 Toshkentda” ga o‘zgaradi — shundan keyin olib ketishingiz yoki yetkazib berishni so‘rashingiz mumkin.
Sizdan nima talab qilinadi
Bojxona rasmiylashtiruvi shaxsingiz ma’lumotlariga bog‘liq. Ro‘yxatdan o‘tishda kiritilgan quyidagi ma’lumotlar aynan shu maqsadda ishlatiladi:
- Pasport yoki ID karta seriyasi
- Pasport / ID kartaning old va orqa tomoni rasmi
- PINFL raqami — hujjatning orqa tomonida aniq ko‘rinishi kerak
- To‘liq manzil (viloyat, tuman va manzil)
Ma’lumotlarni faqat lotin harflarida va xatosiz kiriting. Noto‘g‘ri yoki chala ma’lumot yukning bojxonada ushlanib qolishiga olib keladi.
Telegram yozishmalarini o‘chirmang
Bot va admin bilan yozishmalar tarixini o‘chirmang. Agar siz haqingizda qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘lsa va biz siz bilan bog‘lana olmasak, bu yukni bojxonadan olib chiqishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.
To‘liq taqiqlangan mahsulotlar
Quyidagi mahsulotlarni Xitoydan olib kelish mumkin emas. Bu qoidalar bojxona talabiga ko‘ra qat’iy:
- Telefon
- Kompyuter
- Planshet va iPad
- Televizor
- Tirik o‘simliklar va urug‘lar
- Quruq (gerbariy) holidagi o‘simliklar
- Dorilar
- MED texnikalar (tibbiy uskunalar)
- Dron
- Sovuq qurollar
- Pirotexnika vositalari
- Pornografik mahsulotlar
- Intim mahsulotlar
- Tirik hayvonlar
- Tilla buyumlari
- Oziq-ovqat mahsulotlari
- Kukun shaklidagi moddalar
Bu qoidalarga rioya qilinmasa, kompaniya javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Taqiqlangan mahsulot bojxonada to‘xtatilishi yoki musodara qilinishi mumkin.
Faqat avto orqali olib kelinadigan mahsulotlar
Quyidagi mahsulotlar taqiqlanmagan, lekin avia bilan tashilmaydi — ularni faqat avto yo‘nalishi orqali olib kelamiz:
- Yonuvchan moddalar (atirlar, suyuqliklar)
- Powerbank va batareyasi asosiy qismini egallaydigan mahsulotlar
Mahsulotingizga ishonchingiz komil emasmi?
Agar mahsulotingiz yuqoridagi ro‘yxatlarning qaysi biriga tushishini bilmasangiz yoki bojxona to‘lovlari bo‘yicha savolingiz bo‘lsa, xarid qilishdan oldin operatorimizga yozing. Bu bir necha daqiqa vaqt oladi va yukingizni bojxonada ushlanib qolishdan saqlaydi.
Bizning manzil
Biz bilan bog‘lanish uchun
- massiv O‘zgarish, 61, Yangihayot tumani, Toshkent.
Mo‘ljal: Yangihayot metro bekati (oldingi 4-metro bekati) - +998 99 374 50 30+998 99 373 50 30
- info@d2d.uz
- Ish vaqtiDushanba – Shanba: 09:00 – 23:00
Yakshanba: 09:00 – 17:00
