Qo‘llanma

Xitoy ombor manzilini Taobao, 1688 va Pinduoduoga qanday kiritish kerak

Door to Door jamoasiYangilangan: 5 daqiqalik o‘qish

Xitoydagi kargo omboridagi posilka, yorlig‘ida mijozning ID raqami

Xitoydan xarid qilishda xatolarning aksariyati manzilda bo‘ladi. Yuk omborimizga yetib keladi, lekin manzilda ID bo‘lmasa yoki bitta raqam almashib qolsa, uning kimniki ekanini aniqlash qiyinlashadi va yuk kechikadi. Bu qo‘llanmada manzil qanday tuzilgani, ID qayerga yozilishi va har bir platformada qayerga kiritilishi ko‘rsatilgan.

Qisqacha

  • Manzil botda beriladi: «✈️ Avia manzil» va «🚚 Avto manzil» tugmalarida.
  • DTD ID ikki joyda yoziladi — ism qatorida ham, manzil qatorida ham. «ID» so‘zi o‘chirilmaydi.
  • Avto manzil avia manzildan faqat «(By land)» yozuvi bilan farq qiladi — u ikkala qatorda qolishi shart.
  • Ierogliflarni tarjima qilmang va o‘zgartirmang — aynan nusxalang.
  • Ishonchingiz komil bo‘lmasa, manzil skrinshotini operatorga yuboring — tekshirib beramiz.
Mundarija
  1. Manzilni qayerdan olasiz
  2. Manzil qanday tuzilgan
  3. Avia va avto manzil farqi
  4. Taobaoga kiritish
  5. 1688 ga kiritish
  6. Pinduoduoga kiritish
  7. 8 ta keng tarqalgan xato
  8. Tanishingiz bergan ID — sizning ID emas
  9. Manzilni bir marta to‘g‘ri saqlang
  10. Ko‘p so‘raladigan savollar

Manzilni qayerdan olasiz

Door to Door’ning Xitoy ombor manzili Telegram botda beriladi: ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin bot menyusida «✈️ Avia manzil» va «🚚 Avto manzil» tugmalari paydo bo‘ladi, manzil tasdiqlash xabarida ham keladi. Manzil saytda ataylab e’lon qilinmaydi — u faqat sizning ID ingiz bilan birga ishlaydi.

Bot manzilni sizning ID ingiz qo‘yilgan holda beradi — uni nusxalab, xarid ilovasiga qo‘yasiz, xolos.

Manzil qanday tuzilgan

Manzil uch qatordan iborat: qabul qiluvchi (name), telefon (phone number) va manzil (address). Quyida avia manzilning tuzilishi — ID o‘rnida namuna uchun AB-000 turibdi (bunday ID yo‘q, o‘zingiznikini yozasiz), qavs ichidagi joylar esa botda to‘liq yozilgan:

Avia manzil tuzilishi
name:[qabul qiluvchi] ID AB-000
phone number:[ombor telefoni]
address:[ombor manzili] ID AB-000
  • ID ikki marta — ism qatori oxirida va manzil qatori oxirida.
  • «ID» so‘zi qoladi. Botdagi tugma manzilni ID ingiz bilan tayyor beradi. Manzilni boshqa joydan olsangiz (eski xabar, do‘stingiz), «ID .....» nuqtalari o‘rniga faqat o‘z raqamingizni yozing.
  • ID har xil ko‘rinishda bo‘ladi va hammasi haqiqiy: harf, chiziqcha va raqam (yangi ID lar), faqat raqam yoki harf bilan raqam (eski ID lar). Qanday berilgan bo‘lsa, aynan shunday yozing.

Avia va avto manzil farqi

Ikkala manzil bitta omborga olib boradi. Farqi — oxiridagi «(By land)» yozuvi: ombor yuklarni aynan shunga qarab samolyot yoki quruqlik reysiga ajratadi.

Avto manzil tuzilishi
name:[qabul qiluvchi] ID AB-000 (By land)
phone number:[ombor telefoni]
address:[ombor manzili] ID AB-000 (By land)
✈️ Avia manzil🚚 Avto manzil
Oxiridafaqat IDID + «(By land)»
Muddat4–7 kun20–25 kun
Narx9.49 $/kg dan5.5 $/kg dan
Atir, suyuqlik, powerbankmumkin emasmumkin

Har bir buyurtma uchun yo‘nalishni alohida tanlashingiz mumkin: ilovada ikkala manzilni saqlab qo‘ying va buyurtma berishda keraklisini belgilang. Qaysi mahsulot qaysi yo‘l bilan tashilishini bojxona sahifasida tekshiring.

Taobaoga kiritish

  1. Manzillar bo‘limi

    «我的淘宝» → sozlamalar (设置) → «收货地址» → «添加收货地址» (manzil qo‘shish).

  2. Qabul qiluvchi va telefon

    «收货人» maydoniga name qatorini (ID bilan), «手机号码» ga telefon raqamini aynan nusxalang.

  3. Hudud

    «所在地区» da manzil boshidagi viloyat, shahar va tumanni ketma-ket tanlang. Hududni tanlamay qoldirish — eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri.

  4. To‘liq manzil

    «详细地址» ga address qatorini oxiridagi ID bilan birga nusxalang va saqlang.

Video darslikTaobao — video darslik

To‘g‘ri kiritilgan namunalar: avia · avto.

1688 ga kiritish

1688 — ulgurji platforma, manzil maydonlari Taobao bilan deyarli bir xil: profil («我的») → «收货地址» → yangi manzil qo‘shish. Qabul qiluvchi, telefon, hudud va to‘liq manzil xuddi yuqoridagidek to‘ldiriladi.

Video darslik1688 — video darslik

To‘g‘ri kiritilgan namunalar: avia · avto.

Pinduoduoga kiritish

Pinduoduoda manzil shaxsiy bo‘limdagi «收货地址» orqali qo‘shiladi. Maydonlar o‘sha: qabul qiluvchi, telefon, hudud, to‘liq manzil. Ilovada bir nechta manzil saqlangan bo‘lsa, to‘lashdan oldin buyurtma sahifasining tepasida DTD manzili tanlanganini tekshiring.

Video darslikPinduoduo — video darslik

To‘g‘ri kiritilgan namunalar: avia · avto.

Shuningdek o‘qingTaobaodan qanday buyurtma beriladi: O‘zbekistondan to‘liq qo‘llanma

8 ta keng tarqalgan xato

Operatorlarimiz har kuni mijozlar yuborgan manzil skrinshotlarini tekshiradi. Eng ko‘p uchraydigan xatolar:

  1. ID yozilmagan — «ID .....» nuqtalari o‘z holicha qolib ketgan.
  2. ID faqat bitta qatorda — ism qatorida bor, manzil qatorida yo‘q (yoki aksincha).
  3. «ID» so‘zi tushib qolgan — ism bilan raqam qo‘shilib ketgan. «ID» va raqam orasida bo‘sh joy qoldiring.
  4. Manzildagi raqam o‘zgargan — uy yoki xona raqamida bitta raqam almashgan. Qo‘lda yozmang, faqat nusxalang.
  5. Telefonda raqamlar o‘rni almashgan — 11 xonali raqamni ham faqat nusxalang.
  6. Avto buyurtmada «(By land)» yo‘q yoki faqat bitta qatorda.
  7. Eski yoki boshqa odamning ID si — sizga yangi ID berilgan bo‘lsa, faqat yangisini yozing.
  8. Hudud tanlanmagan yoki boshqa kargoning manzili qolib ketgan — buyurtma boshqa omborga ketadi.

Tekshirtirib oling

Manzilni kiritgach skrinshotini @Doorto_Door ga yuboring — operator xatoni ko‘rsatib beradi. Birinchi buyurtmadan oldin bu bir daqiqa vaqt oladi va yukingizni kechikishdan saqlaydi.

Tanishingiz bergan ID — sizning ID emas

Ko‘pincha do‘st, kurator yoki kurs ustozi o‘z ID sini beradi. Bu — taklif (referral) kodi: u sizni bizga tavsiya qilmoqchi. Shu ID bilan buyurtma bersangiz, yuk uning hisobiga tushadi.

  1. O‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting

    Botda «📝 Ro‘yxatdan o‘tish» ni bosing — o‘z ID ingiz darhol beriladi.

  2. Tanishingiz ID sini to‘g‘ri joyga yozing

    «Biz haqimizda qayerdan eshitdingiz?» savolida «👥 Do‘st/Tanish» ni tanlang va uning ID sini kiriting. Shunda u ham DUR bonus oladi.

  3. Manzilni o‘z ID ingiz bilan kiriting

    Xitoy manzilidagi ikkala qatorga faqat o‘zingizning ID ingizni yozing.

Do‘st taklif qilish qanday bonus berishi — DUR dasturi sahifasida.

Manzilni bir marta to‘g‘ri saqlang

  • DTD manzilini standart manzil («默认地址») qilib belgilang — keyingi buyurtmalarda o‘zi tanlanadi.
  • Boshqa kargolarning eski manzillarini o‘chiring yoki standartdan olib tashlang.
  • Har buyurtmada to‘lashdan oldin buyurtma sahifasining tepasidagi manzilga bir qarang.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Manzilni o‘zim tarjima qilib, lotin harflarida yozsam bo‘ladimi?

Yo‘q. Xitoy platformalari va yetkazib beruvchilar manzilni xitoycha o‘qiydi. Botdagi manzilni ierogliflari bilan aynan nusxalang — DTD ID raqamingiz unda allaqachon turibdi.

Buyurtma berib bo‘ldim, lekin ID yozishni unutibman. Nima qilaman?

Sotuvchi hali jo‘natmagan bo‘lsa, manzilni o‘zgartirishni so‘rang yoki buyurtmadagi manzilni tahrirlang. Jo‘natib bo‘lgan bo‘lsa, trek raqam va buyurtma skrinshotini @Doorto_Door ga yuboring — yukni omborda topishga harakat qilamiz.

ID ni faqat ism qatoriga yozsam yetarlimi?

Yo‘q. Omborda yuk egasi yorliqqa qarab aniqlanadi, yorliqqa qaysi qator chiqishi esa yetkazib beruvchiga bog‘liq. ID ikkala qatorda bo‘lsa, yuk qaysi yorliq bilan kelsa ham sizga tushadi.

Tasdiqlanishini kutmasdan manzilni ishlatsam bo‘ladimi?

Ha. Bot ID ni ro‘yxatdan o‘tganingiz zahoti beradi va manzil tugmalari tasdiqdan oldin ham ishlaydi. Ma’lumotlar odatda 24 soat ichida tasdiqlanadi.

Manzilingizni hoziroq oling

Hammasi Telegram bot orqali: ID oling, Xitoy manzilini nusxalang va xarid qiling. Qolganini — Xitoy omboridan eshigingizgacha — biz qilamiz.

  1. 1. DTD ID oling

    Botda «📝 Ro‘yxatdan o‘tish» ni bosing. Pasport ma’lumotlari bojxona uchun kerak. ID darhol beriladi, tasdiqlangach 5 DUR sovg‘a.

    Ro‘yxatdan o‘tish
  2. 2. Xitoy manzilini oling

    Botdagi «✈️ Avia manzil» yoki «🚚 Avto manzil» ni bosing va manzilni Taobao, 1688 yoki Pinduoduoga nusxalang.

    Manzilni olish
  3. 3. Xarid qiling va kuzating

    Yuk omborimizga yetgach bot xabar beradi. Trek raqam bo‘yicha holatini istalgan payt ko‘rasiz.

    Yukni kuzatish
  • 2021-yildan ishlaymiz
  • 10 800+ mamnun mijoz
  • 11 viloyatda filial

Keyingi qadam uchun o‘qing