Savol-javoblar

Xitoydan O‘zbekistonga yuk tashish bo‘yicha eng ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar. Javobini topmadingizmi — Telegram botimizga yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling.

Cargo narxi qancha?

✈️ AVIA YO‘NALISH: - Avia: 9.49 $ / kg - Avia Seriya: 11.5 $ / kg - Avia Brand: 13 $ / kg ⏱ Muddati: 4–7 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan)

🚛 AVTO YO‘NALISH: - Avto (Toshkent omboriga): 5.5 $ / kg - Avto (viloyatlarga): 5.8 $ / kg - Avto Seriya: 7.5 $ / kg - Avto Brand: 7.5 $ / kg ⏱ Muddati: 20–25 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan)

⚙️ Uskuna va texnik qismlar (zapchastlar) bo‘yicha tariflar alohida kelishiladi.

ℹ️ Izohlar: 📍 Viloyatlarga — filiallargacha bepul yetkaziladi. 🏠 Toshkent shahri bo‘ylab — 5 kg dan ortiq jo‘natmalar manzilgacha bepul yetkaziladi.

Necha kunda keladi?

✈️ AVIA YO‘NALISH: Muddati: 4–7 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan)

🚛 AVTO YO‘NALISH: Muddati: 20–25 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan)

Narsalar yo‘qolmaydimi?

Bizning zamonaviy kuzatuv tizimlarimiz va ehtiyotkorlik choralari tufayli yuklaringiz har doim ishonchli qo‘llarda. Har bir jo‘natma biz uchun qadrli — uni sizgacha yetkazishda maksimal ehtiyotkorlik bilan ishlaymiz.

Agar kutilmagan holatda mahsulot yo‘qolsa yoki zarar ko‘rsa, DTD Cargo bu uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Siz xotirjam bo‘ling — yuklaringiz biz bilan himoyada!

Mahsulotimni kuzatib borish imkoni bormi?

Ha, albatta. Bizning raqamli kuzatuv tizimimiz orqali yukingizni real vaqt rejimida kuzatib borishingiz mumkin.

Bundan tashqari, DTD Telegram botimiz sizga yuk holati haqida avtomatik xabarlar yuboradi — yuk Xitoydan chiqqanda, omborga yetganda yoki yetkazib berilayotganda ham o‘z vaqtida xabardor bo‘lasiz.

Qanday mahsulotlarni olib kelish mumkin emas?

❌ To‘liq taqiqlangan mahsulotlar: - Telefon - Kompyuter - Planshet va iPad - Televizor - Tirik o‘simliklar va urug‘lar - Quruq (gerbariy) holidagi o‘simliklar - Dorilar - MED texnikalar (tibbiy uskunalar) - Dron - Sovuq qurollar - Pirotexnika vositalari - Pornografik mahsulotlar - Intim mahsulotlar - Tirik hayvonlar - Tilla buyumlari - Oziq-ovqat mahsulotlari - Kukun shaklidagi moddalar

⚠️ Faqat AVTO orqali olib kelinadigan mahsulotlar (avia bilan mumkin emas): - Yonuvchan moddalar (atirlar, suyuqliklar) - Powerbank va batareyasi asosiy qismini egallaydigan mahsulotlar

❗ Bu qoidalarga rioya qilinmasa, kompaniya javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi — taqiqlangan mahsulot bojxonada to‘xtatilishi yoki musodara qilinishi mumkin. Mahsulotingiz bo‘yicha ishonchingiz komil bo‘lmasa, avval operatorimizdan so‘rang.

DUR nima?

💎 DUR — bu Door to Door kompaniyasining sodiqlik va keshbek tizimi. Har 1 kg AVIA yuk uchun darajangizga qarab Start 1, Plus 1.15, Pro 1.3, Elite 1.5 DUR ball olasiz — bu keyingi avia jo‘natmalaringizda bepul kilogramm degani! Avto yukning kilogrammiga DUR berilmaydi.

🔁 DURlar to‘planadi — ularni keyingi avia buyurtmalaringizni to‘lashda ishlatasiz (bir martada kamida 5 DUR). Buyurtmadan yig‘ilgan DUR darajaga qarab 90–180 kun amal qiladi. 🎯 1 DUR = 50 gramm bepul yetkazish, ya’ni 20 DUR = 1 kg.

👥 Do‘stingizni taklif qiling — u birinchi yukini qo‘shganda kabinetingizda darajangizga qarab 3–6 DUR mukofot ochiladi, do‘stingiz esa ro‘yxatdan o‘tgach 5 DUR oladi. 🎉 Aksiya va bayramlarda qo‘shimcha DUR sovg‘a qilinadi — bayram sovg‘asini kabinetda tugma bosib olasiz. 🎁 Hozir bizga qo‘shiling — 5 DUR sovg‘a sifatida taqdim etiladi!

Ish vaqtingiz qanday?

🕐 Ish vaqti: - Dushanba–Shanba: 09:00–23:00 - Yakshanba: 09:00–17:00

🎁 Qo‘shimcha qulayliklar: ✅ DUR keshbek tizimi mavjud ✅ Har kuni xizmat ko‘rsatamiz!

DUR nima va u qanday ishlaydi?

DUR — Door to Door mijozlari uchun sodiqlik dasturi. 1 DUR yetkazib berishning 50 grammini qoplaydi, ya’ni 20 DUR = 1 kg bepul yuk. DUR pulga almashtirilmaydi va boshqa mijozga o‘tkazilmaydi.

DUR faqat AVIA yuk bilan ishlaydi: kilogramm uchun DUR faqat avia yukka yig‘iladi va DUR bilan faqat avia yukni to‘lash mumkin. Har bir avia yuk uchun og‘irligiga qarab DUR yig‘iladi. Stavka darajaga bog‘liq: Start 1, Plus 1.15, Pro 1.3, Elite 1.5 DUR/kg. Daraja oxirgi 12 oydagi kg dan avtomatik hisoblanadi.

To‘liq ma’lumot — darajalar jadvali, missiyalar, reys ketma-ketligi, qalqon va do‘st taklifi: https://d2d.uz/uz/loyalty/

Xitoy ombori manzilini qayerdan olaman?

Manzil botda, ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin beriladi. Taobao yoki 1688 da yetkazib berish manzili sifatida aynan shu manzilni ko‘rsatasiz.

Manzilda “ID .....” qismi bor — uning o‘rniga o‘zingizning DTD ID raqamingizni yozishingiz shart. ID bo‘lmasa, mahsulot omborda kimga tegishli ekani aniqlanmaydi.

Avia va avto uchun manzillar har xil. Avto manzilida “(By land)” yozuvi bor — uni albatta qoldiring, bu ombor tomonida yuklarni ajratish uchun kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun nima kerak?

Ro‘yxatdan o‘tish to‘liq Telegram bot orqali amalga oshiriladi. Kerak bo‘ladi:

- Ism va familiya (faqat lotin harflarida) - Telefon raqam (+998XXXXXXXXX formatida) - Tug‘ilgan sana - Pasport yoki ID karta seriyasi - Pasport / ID kartaning old va orqa tomoni rasmi (PINFL orqa tomonda aniq ko‘rinishi kerak) - Viloyat, tuman va to‘liq manzil

Rasmlarni fayl sifatida emas, rasm sifatida yuboring. Ma’lumotlar bojxona rasmiylashtiruvida ishlatiladi — shuning uchun to‘g‘ri kiriting.

Admin ma’lumotlarni odatda 24 soat ichida tekshiradi. Tekshiruv davomida ham buyurtma berishingiz mumkin. Tasdiqlangandan keyin hisobingizga 5 DUR bonus qo‘shiladi.

Yukim qayerdaligini qanday bilaman?

Botda buyurtmangiz quyidagi holatlardan birida bo‘ladi:

- 🇨🇳 Xitoyda — mahsulot Xitoy omborimizda qabul qilindi - ✈️ Yo‘lda — mahsulot O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqdi - 🛂 Aeroportda — Toshkent aeroportiga yetib keldi, rasmiylashtirilmoqda - 🏠 Toshkentda — omborimizga yetkazildi, olib ketishga tayyor - 📦 Yetkazib berilganlar — sizga topshirildi

Yuk Toshkentga kelgandan keyin qo‘shimcha holat ham ko‘rinadi: omborimizda, keyingi reysni kutmoqda, filialga yo‘lda, filialda, yetkazilmoqda, yetkazib berildi yoki olib ketildi.

Bundan tashqari bot har bir holat o‘zgarganda avtomatik xabar yuboradi.

Nozik mahsulotni karobkasi bilan olib kelsangiz bo‘ladimi?

Ha. “Karobka bilan yetkazish” funksiyasi orqali nozik mahsulotlarni alohida belgilashingiz mumkin.

Botda mahsulotning trek raqamini kiritasiz — Xitoy omborimiz xabar oladi va mahsulot kelishi bilan karobkasi bilan jo‘natiladi. Karobka hajm qo‘shishini hisobga oling: katta hajmli yuklar hajmga qarab hisoblanadi.

Qanday to‘lash mumkin?

To‘lovni naqd, Click yoki Payme orqali amalga oshirishingiz mumkin. Avia yuk to‘lovining bir qismini to‘plangan DUR ballaringiz bilan qoplashingiz ham mumkin (bir martada kamida 5 DUR). Avto yukni DUR bilan to‘lab bo‘lmaydi.

Yuk faqat to‘lov to‘liq bo‘lgandan keyin topshiriladi — tizim qarzdor buyurtmani topshirishga ruxsat bermaydi.

Toshkentda kechqurun olib ketsam bo‘ladimi?

Ha. Toshkentdagi omborimizdan kechqurun soat 23:00 gacha olib ketish mumkin.

Ish vaqti: Dushanba–Shanba 09:00–23:00, Yakshanba 09:00–17:00.

DUR ballarim yonib ketadimi?

Ha, har bir DUR bonusining o‘z amal qilish muddati bor:

- Buyurtmadan yig‘ilgan DUR — darajaga qarab: Start 90, Plus 120, Pro 150, Elite 180 kun - Darajaga chiqqanlik sovg‘asi — darajangiz muddati bilan bir xil - Qo‘shilish (welcome) bonusi — 60 kun - Referral (do‘st taklif qilish) bonusi — 60 kun - Missiya va reys ketma-ketligi mukofotlari — 60 kun - Tug‘ilgan kun bonusi — 10 kun

DURlar FIFO tartibida ishlatiladi — ya’ni eng avval yig‘ilgani birinchi sarflanadi. Balans va har bir DUR ning muddatini Telegram botdagi mijoz kabinetida ko‘rishingiz mumkin.

Hozir ro‘yxatdan o‘ting

Bizning manzil

Biz bilan bog‘lanish uchun

  • massiv O‘zgarish, 61, Yangihayot tumani, Toshkent.
    Mo‘ljal: Yangihayot metro bekati (oldingi 4-metro bekati)
  • +998 99 374 50 30
  • info@d2d.uz
  • Ish vaqtiDushanba – Shanba: 09:00 – 23:00
    Yakshanba: 09:00 – 17:00
Barcha filiallar va havolalar