Xitoy → O‘zbekiston · DTD Cargo

Xitoydan xaridingizni O‘zbekistonga olib kelamiz

Taobao, 1688 yoki Pinduoduodan xarid qilasiz. Biz Xitoy omborimizdan O‘zbekistonga yetkazamiz; yuk holati haqida Telegram’da xabar olasiz.

✈ Avia

4–7 kun

$9.49/kg dan

🚚 Avto

20–25 kun

$5.5/kg dan

Toshkent omboriga

$5.8/kg dan

Viloyat filialiga

Muddat mahsulot Xitoy omborimizga kelgan kundan hisoblanadi. Filial yoki manzilga yetkazish — keyingi bosqich.

Seriya, brend va hajmli yuk tariflari →
10 800+
mamnun mijoz
10
viloyatdan fikrlar
2021
yildan ishlaymiz

Birinchi xaridni qanday boshlaysiz?

Xaridni o‘zingiz qilasiz, Xitoydan yetkazishni bizga topshirasiz.

  1. 1

    Botda ro‘yxatdan o‘ting

    Ko‘rsatmalarni bajaring va shaxsiy DTD ID hamda Xitoy ombor manzilini oling.

  2. 2

    Do‘konga ombor manzilini kiriting

    Taobao, 1688 yoki Pinduoduoda manzilga o‘z ID’ingizni yozing. Avia va avto manzillari farq qiladi.

  3. 3

    Yukni kuzating va olib keting

    Telegram’da holat xabarlari keladi. Yuk yetib kelgach, to‘lovni amalga oshirib filialdan oling yoki yetkazishni kelishing.

Bosqichma-bosqich qo‘llanma →
Yuk holati, og‘irligi va narxi — Telegram’da
2021yildan beri
DTD bilan qanday qulaylik olasiz?

Yuk holati, og‘irligi va narxi — Telegram’da

Yuk holati, og‘irligi va to‘lovini bilish uchun har safar operatorga yozishingiz shart emas — asosiy ma’lumotlar Telegram’da keladi.

  • 📲 Yuk holati haqida xabar: Xitoy omboriga kelishi, yo‘lga chiqishi va yetib kelishi haqida Telegram’da bilasiz.
  • ⚖️ Og‘irlik va narx ochiq: tortilganda hisob va tarozi rasmini olasiz.
  • 📍 Sizga qulay filial: viloyat filiallarigacha yetkazish kargo tarifiga kiradi. Toshkentda 5 kg dan ortiq yuk manzilgacha bepul yetkaziladi.
  • 💎 Avia yuk uchun DUR: 5 DUR ro‘yxat bonusi 250 g avia yetkazish haqini qoplaydi; 60 kun amal qiladi. Avto yukka DUR yig‘ilmaydi va ishlatilmaydi.
  • 🕐 Kechroq olib ketish: Toshkent ombori Du–Sha 09:00–23:00, yakshanba 09:00–17:00 ishlaydi.
DTD haqida ko‘proq

Bir dona mahsulotni olib kelish qancha?

DTD bazasidagi odatdagi og‘irliklar bo‘yicha standart kargo narxi. Tovarning o‘z narxi bu hisobga kirmaydi.

Futbolka

Taxminiy og‘irlik: 150 g

Avia
≈ $1.42
Avto · Toshkent
≈ $0.82

Ayollar sumkasi

Taxminiy og‘irlik: 300 g

Avia
≈ $2.85
Avto · Toshkent
≈ $1.65

Krossovka

Taxminiy og‘irlik: 600 g

Avia
≈ $5.69
Avto · Toshkent
≈ $3.30

Bu taxminiy yetkazish haqi. Aniq vazn tortilgach ma’lum bo‘ladi. Seriya, brend va hajmli yuk uchun tarif farq qiladi; viloyatga avto tarifini kalkulyatorda tanlang.

Tovar va kargoni birga hisoblash →

Biz ishlaydigan savdo maydonchalari

1688
Taobao
Pinduoduo
Alibaba
Tmall
AliExpress

Yukni sizga qulay filialdan oling

Viloyat filiallarimizgacha yetkazish kargo tarifiga kiradi. Yaqin filialingiz, telefoni va manzilini bir joyda topasiz.

Menga yaqin filialni topish →

Hududingizda filial yo‘qmi? BTS orqali yuborish shartlarini operator bilan kelishing.

Operatorga yozish
Biz haqimizda

Mijozlarning iliq fikrlari

Mijozlarning asl fikrlari — ism, hudud va sana bilan.

Tezlik
Qoyil .👍👍👍 Gap yoʻq DTD kargoga. 6- kun boʻlmay kargo kelibdi❤️❤️
JaxongirFarg‘ona ·
DUR keshbek
Assalomu alaykum har doim shu cargodan foydalanaman juda ham tez kelad va narxlari ham hamyonbop biron marta muammo bo'lmagan narsalarim menga eng yoqganini dur bilan to'lash unda juda ham arzon bo'lb ketad rahmat slarga 🫠❤️
MarjonaAndijon ·
Qulaylik
Ассаламу алайкум, Янгиюлга доставка ишга тушурганила вашше зор бопти рахмат ишларимиз анча йенгил болди, хозир доставкамми олдим хизмат корсатишилага ваше гап йо этилган вохтга об кеп беришти рахмат ишилага ривож сог болила чарчамела))
SevinchToshkent viloyati ·

Chatdagi xabarlar — kattaroq ko‘rish uchun rasmni bosing

Savol-javoblar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Agar savolingizga javob topmagan bo‘lsangiz, bizga raqamingizni qoldiring — biz aloqaga chiqib barcha savollaringizga javob beramiz!

✈️ AVIA YO‘NALISH: - Avia: 9.49 $ / kg - Avia Seriya: 11.5 $ / kg - Avia Brand: 13 $ / kg ⏱ Muddati: 4–7 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan) 🚛 AVTO YO‘NALISH: - Avto (Toshkent omboriga): 5.5 $ / kg - Avto (viloyatlarga): 5.8 $ / kg - Avto Seriya: 7.5 $ / kg - Avto Brand: 7.5 $ / kg ⏱ Muddati: 20–25 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan) ⚙️ Uskuna va texnik qismlar (zapchastlar) bo‘yicha tariflar alohida kelishiladi. ℹ️ Izohlar: 📍 Viloyatlarga — filiallargacha bepul yetkaziladi. 🏠 Toshkent shahri bo‘ylab — 5 kg dan ortiq jo‘natmalar manzilgacha bepul yetkaziladi.
✈️ AVIA YO‘NALISH: Muddati: 4–7 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan) 🚛 AVTO YO‘NALISH: Muddati: 20–25 kun (Xitoy omborimizga borgan kundan)
Yuk yo‘qolgan yoki shikastlangan bo‘lsa, trek raqami va mavjud rasmlar bilan operatorga murojaat qiling. DTD Cargo javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi; holatni ko‘rib chiqish va qoplash tartibini operator tushuntiradi. Taqiqlangan mahsulotlar uchun istisnolar bor — xariddan oldin mahsulotni olib kelish mumkinligini tekshiring.
Yuk holatini trek.d2d.uz orqali trek raqami bilan tekshirishingiz mumkin. Telegram botimiz Xitoy omboriga kelishi, yo‘lga chiqishi va yetib kelishi haqida xabar beradi.
❌ To‘liq taqiqlangan mahsulotlar: - Telefon - Kompyuter - Planshet va iPad - Televizor - Tirik o‘simliklar va urug‘lar - Quruq (gerbariy) holidagi o‘simliklar - Dorilar - MED texnikalar (tibbiy uskunalar) - Dron - Sovuq qurollar - Pirotexnika vositalari - Pornografik mahsulotlar - Intim mahsulotlar - Tirik hayvonlar - Tilla buyumlari - Oziq-ovqat mahsulotlari - Kukun shaklidagi moddalar ⚠️ Faqat AVTO orqali olib kelinadigan mahsulotlar (avia bilan mumkin emas): - Yonuvchan moddalar (atirlar, suyuqliklar) - Powerbank va batareyasi asosiy qismini egallaydigan mahsulotlar ❗ Bu qoidalarga rioya qilinmasa, kompaniya javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi — taqiqlangan mahsulot bojxonada to‘xtatilishi yoki musodara qilinishi mumkin. Mahsulotingiz bo‘yicha ishonchingiz komil bo‘lmasa, avval operatorimizdan so‘rang.
💎 DUR — bu Door to Door kompaniyasining sodiqlik va keshbek tizimi. Har 1 kg AVIA yuk uchun darajangizga qarab Start 1, Plus 1.15, Pro 1.3, Elite 1.5 DUR ball olasiz — bu keyingi avia jo‘natmalaringizda bepul kilogramm degani! Avto yukning kilogrammiga DUR berilmaydi. 🔁 DURlar to‘planadi — ularni keyingi avia buyurtmalaringizni to‘lashda ishlatasiz (bir martada kamida 5 DUR). Buyurtmadan yig‘ilgan DUR darajaga qarab 90–180 kun amal qiladi. 🎯 1 DUR = 50 gramm bepul yetkazish, ya’ni 20 DUR = 1 kg. 👥 Do‘stingizni taklif qiling — u birinchi yukini qo‘shganda kabinetingizda darajangizga qarab 3–6 DUR mukofot ochiladi, do‘stingiz esa ro‘yxatdan o‘tgach 5 DUR oladi. 🎉 Aksiya va bayramlarda qo‘shimcha DUR sovg‘a qilinadi — bayram sovg‘asini kabinetda tugma bosib olasiz. 🎁 Hozir bizga qo‘shiling — 5 DUR sovg‘a sifatida taqdim etiladi!
🕐 Ish vaqti: - Dushanba–Shanba: 09:00–23:00 - Yakshanba: 09:00–17:00 🎁 Qo‘shimcha qulayliklar: ✅ DUR keshbek tizimi mavjud ✅ Har kuni xizmat ko‘rsatamiz!

Xitoydan xarid qilishga tayyormisiz?

Birinchi qadam — botda ro‘yxatdan o‘tish. Shaxsiy ID va Xitoy ombor manzili shu yerda.

Botda ID va manzil olish →

Ro‘yxatdan o‘tganda 5 DUR — 250 g avia yetkazish haqini qoplaydi. Bonus 60 kun amal qiladi.

Savolingiz bormi? Raqamingizni qoldiring

Jamoamiz siz bilan bog‘lanadi. ID va Xitoy manzilini olish uchun botda ro‘yxatdan o‘ting.

Bizning manzil

Biz bilan bog‘lanish uchun

  • massiv O‘zgarish, 61, Yangihayot tumani, Toshkent.
    Mo‘ljal: Yangihayot metro bekati (oldingi 4-metro bekati)
  • +998 99 374 50 30
  • info@d2d.uz
  • Ish vaqtiDushanba – Shanba: 09:00 – 23:00
    Yakshanba: 09:00 – 17:00
Barcha filiallar va havolalar